Toshkentda 3 ta mashina avariyaga uchradi
Ular orasida avtobus va yuk mashinasi ham bor.

Kecha, 29 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 09:00 larda Olmazor tumani TXAY ko‘chasida, “SHACMAN” rusumli yuk avtomashinasi, “VAZ-2105” rusumli avtomashinasi, “King-Long” rusumli avtobusi o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







