O'zbekiston

Uy savdosi endi naqdsiz bo‘ladi

Mulk oldi-sotdisi bo'yicha yangi tartib joriy etiladi.

Uy savdosi endi naqdsiz bo‘ladi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 26-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Senat yig‘ilishida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi. Unga ko‘ra, yangi tartib yashirin iqtisodiyotga qarshi tizimli kurashda muhim qadam bo‘ladi.

 

Prezident Shavkat Mirzayevning so'zlariga ko'ra, prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, unda naqdsiz to‘lovlarni rag‘batlantirishga alohida urg‘u berilgan. Barcha vazirlik va idoralar bilan muvofiqlashtirilgan hujjat hozirda prezident administratsiyasiga taqdim etilgan. Qaror kuchga kirgach, dastlab ko‘chmas mulk savdosi naqdsiz hisob-kitob asosida amalga oshiriladi.

 

Hozirda uy sotish va xarid qilish ko‘pincha naqd pul orqali amalga oshiriladi. Yangi mexanizm bu jarayonni bank aylanmasi orqali rasmiylashtirishni maqsad qilgan. Shuningdek, savdo qoidalariga rioya qilish va qonuniylikni mustahkamlash ham rejaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda uy narxlari fundamental qiymatidan 17 foizga yuqori bo‘lgan. O‘tgan yili 329 mingta uy sotilgan bo‘lsa-da, bu 2023-yilga nisbatan 2,2 foizga kam. Pasayishga ipoteka cheklovlari va narxlarning qisman reallashuvi sabab bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Uy savdosi endi naqdsiz bo‘ladi | Zamon.uz