Bugundan O‘zbekistonda jazirama boshlanadi
Ayrim hududlarda harorat 45-46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 2 iyul kuni respublika bo‘yicha havo harorati 37-44 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda harorat 45-46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Jumladan:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi hududlarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.







