Jahon

Kim Chen In Kurskda halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askarlar jasadini tantanali kutib oldi

Kursk frontida 4700 dan ortiq askar halok bo‘lgani aytilmoqda.

Kim Chen In Kurskda halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askarlar jasadini tantanali kutib oldi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyada halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askar jasadini Pxenyan aeroportida harbiy tantana bilan kutib oldi. Harbiylar saf tortgan holda o‘tkazilgan marosimda Kim shaxsan ishtirok etdi, bu esa qurbon bo‘lgan harbiylarga KXDR rahbariyati e’tiborini ko‘rsatmoqda.

 

30 iyun kuni davlat televideniyesi Kim Chen Inning askarning bayroq bilan qoplangan tobuti oldida tiz cho‘kib, ko‘z yosh to‘kayotganini ko‘rsatgan lavhalarni efirga uzatdi. Ushbu marosim 29 iyun kuni Sharqiy Pxenyan Katta Teatrida Rossiya bilan strategik sheriklik shartnomasining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan edi.

 

Tadbir davomida Rossiyaga yuborilgan Shimoliy Koreya askarlari haqidagi videolar katta ekranda namoyish qilindi. Marosimda Kimning qizi Chu Ae va singlisi Kim Yo Chjon ishtirok etgani, Kimlar sulolasining askarlar xotirasini shaxsan sharaflayotganini ifodalaydi. Biroq faqat 4-5 tobut ko‘rsatilgani fonida Kursk frontida 4700 dan ortiq askar halok bo‘lgani aytilmoqda, bu esa marosimning simvolik xarakterini anglatadi.

 

Bundan tashqari, ilk bor televideniyeda Kim Chen Inning “Kurskni ozod etish operatsiyasi” rejasi uchun imzo qo‘yayotgani ko‘rsatildi. Shu bilan birga, iyul–avgust oylarida Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 6 mingga yaqin harbiy muhandis va quruvchini yuborishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Kim Chen In Kurskda halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askarlar jasadini tantanali kutib oldi | Zamon.uz