O'zbekiston

O‘zbekistonda maktab – universitet integratsiyasi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

O‘quvchilar endilikda 7-sinfdan boshlab universitet bilan hamkorlikda o‘qiydi.

O‘zbekistonda maktab – universitet integratsiyasi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

2025-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda ta’lim tizimiga “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyiliga asoslangan yangi kadrlar tayyorlash modeli joriy etiladi. Ushbu yondashuv orqali o‘quvchilar uzluksiz, bosqichma-bosqich va kasbiy yo‘naltirilgan holda tahsil olishadi.

 

Yangi tizim doirasida ta’lim jarayonining kamida 25 foizi xorijiy professorlar va xalqaro malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi. Bu o‘quvchilarga xalqaro standartlarga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi.

 

Tajriba tariqasida, 2025-yil 1-sentabrdan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari tanlab olinib, ular universitetga biriktiriladi. Universitet mazkur maktablarda tahsil olayotgan 7–9-sinf o‘quvchilari uchun har oyda ularning qiziqishlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etadi. Ushbu mashg‘ulotlar bevosita universitet laboratoriyalarida o‘tkaziladi.

 

Bundan tashqari, universitet o‘quvchilarning laboratoriyalarga muntazam va xavfsiz tashriflarini tashkil qilish uchun mas’ul etib belgilanadi. Bu yondashuv ta’lim tizimida nazariya va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda maktab – universitet integratsiyasi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi | Zamon.uz