O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda yangi turizm hududi barpo etiladi

Ellikqal’a tumanida zamonaviy turizm zonasini yaratish loyihasi boshlangan.

Qoraqalpog‘istonda yangi turizm hududi barpo etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida umumiy qiymati 73,4 milliard so‘mlik turizm-rekreatsion zonani tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Mazkur loyiha Zarbdor tajribasi asosida Oqchako‘l sohilida amalga oshiriladi. Loyihaga ko‘ra, hudud to‘liq infratuzilma bilan ta’minlanib, unda 3 ta mehmonxona, 18 ta mehmon uyi, 20 ta o‘tov, 2 ta restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etiladi. Rejaga muvofiq, loyiha ishga tushishi natijasida 75 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Shuningdek, 2025-yildan boshlab O‘zbekistonda har yili noyabr oyida “Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovi o‘tkazilishi belgilangan. Bu tanlov “Turizm obyektlari va joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan joriy qilinadi.

 

Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

 

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar bilan ifloslanishning oldini olish;

 

turizm obyektlarida plastik mahsulotlardan foydalanishni cheklash va ularni ekologik toza mahsulotlarga almashtirish;

 

texnik va ekologik standartlarga rioya etilishini ta’minlash;

 

innovatsion va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

 

Mazkur yondashuv nafaqat turizm salohiyatini oshirish, balki hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda yangi turizm hududi barpo etiladi | Zamon.uz