O'zbekiston

Oʻzbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat sanʼati maktabi tashkil qilinmoqda

Maktab UNESCO, IRCICA, Muhammad ibn Salmon markazi kabi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Oʻzbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat sanʼati maktabi tashkil qilinmoqda

 

Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. Har bir guruhlarda 12 nafargacha oʻquvchilar boʻlishi koʻzda tutilgan. Oʻquvchilar shunchaki xattotlik bilangina shugʻullanibgina qolmay, yozuv tarixi, oʻzbek, arab, fors tillari va yozuvi, husnixat, Gʻarb mamlakatlarida husnixat (lotin yozuvi), Sharq mamlakatlarida husnixat (arab, lotin, kirill yozuvlari), Kitobat sanʼati bilan tanishuv kabi fanlarni oʻzlashtiradi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan ilmiy kengash yigʻilishida ushbu maktabni tashkil qilinishi va faoliyati taqdimot qilindi.

 

Kitobat sanʼati Sharq mamlakatlari, xususan, yurtimiz hududida oʻziga xos yoʻnalishda tadrijiy taraqqiy etgan, qadimiy va bebaho sanʼatdir. Bu yoʻnalishda ajdodlarimiz koʻchirgan qoʻlyozma asarlar betakror husnixati, islimiy naqshlari, tilla suvi bilan sayqallangani qariyb 1000 yil muqaddam ham xos kishilarning hayratiga sazovor boʻlgan.

 

Bugungi kunga kelib kitoblar bosmaxonalarda bir paytning oʻzida minglab, millionlab nusxada nashr qilinsa-da, qoʻl mehnatining, ayniqsa, xattotlik sanʼatining oʻrni hanuzgacha beqiyosdir. Quvonarlisi, ajdodlarimizning merosini asrab-avaylash bilan bir qatorda, bu yoʻnalishda yosh shogirdlarni oʻqitish imkoniyati yaratilmoqda.

 

Madaniy merosni tiklash, yosh avlodni maʼnaviy ruhda tarbiyalash, xattotlik sanʼatini xalqaro darajada tanitish, Oʻzbekistonning jahon madaniy markazlaridan biri sifatida rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tasarrufida Xalqaro xattotlik va kitobat sanʼati maktabi tashkil qilinmoqda. Maktab faoliyati Buyuk Britaniya qirollik jamgʻarmasi huzuridagi Anʼanaviy sanʼat turlari maktabi, UNESCO, Islom hamkorlik tashkiloti, IRCICA (Turkiya), Tehron Xattotlik markazi (Eron), Muhammad ibn Salmon markazi (Saudiya Arabistoni), Sharja markazi (BAA) kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. Yosh boʻyicha: 6-12 yoshlilar guruhi (boshlangʻich maʼlumot), 13-24 yoshlilar guruhi (davomchilar), 25 yoshdan yuqori (mahoratga erishish, soha magistrlarini tayyorlash) guruhlariga boʻlinadi. Har bir guruhlarda 12 nafargacha oʻquvchilar boʻlishi koʻzda tutilgan. Oʻquvchilar shunchaki xattotlik bilangina shugʻullanibgina qolmay, yozuv tarixi, oʻzbek, arab, fors tillari va yozuvi, husnixat, Gʻarb mamlakatlarida husnixat (lotin yozuvi), Sharq mamlakatlarida husnixat (arab, lotin, kirill yozuvlari), Kitobat sanʼati bilan tanishuv kabi fanlarni oʻzlashtiradi. Eʼtiborlisi, darslarning amaliyotda qoʻllanishiga alohida eʼtibor beriladi.

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan navbatdagi ilmiy kengash yigʻilishida ushbu maktabni tashkil qilish va faoliyati haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oʻzbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat sanʼati maktabi tashkil qilinmoqda | Zamon.uz