Jahon

Manchesterlik musiqachilar qo‘ziqorinlardan pianino chaluvchi “ijodkorlar” yaratishdi

San’atkorlar bu loyiha orqali "san’at faqat inson faoliyati" degan an’anaviy tushunchani rad etmoqchi bo‘lishgan.

Manchesterlik musiqachilar qo‘ziqorinlardan pianino chaluvchi “ijodkorlar” yaratishdi

 

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida faoliyat yurituvchi Bionic and The Wires musiqa guruhi noodatiy san’at loyihasiga qo‘l urdi — ular qo‘ziqorinlarning elektr impulslarini sintezator tovushlariga aylantiruvchi maxsus tizimni yaratishdi. Bu haqda oxu.az nashri xabar berdi.

 

Loyihaning g‘oyasi shuki, qo‘ziqorinlarga o‘rnatilgan sensorlar ularning tabiiy elektr impulslarini qayd etadi. Ushbu signal maxsus ishlab chiqilgan mexanik “qo‘llar”ga uzatiladi va ular pianino yoki sintezator klavishlariga bosim o‘tkazib, musiqiy ohanglar hosil qiladi. Bu jarayon qo‘ziqorinlarning xatti-harakatlaridan musiqiy asar yaratish imkonini beradi.

 

Guruh tomonidan yaratilgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng e’tibor qozondi — uni 294 ming martadan ko‘proq tomosha qilishdi. Videoda qo‘ziqorinlar “o‘z do‘stlari” uchun sintezatorda musiqiy chiqish qilayotgani tasvirlangan.

 

San’atkorlar bu loyiha orqali “san’at faqat inson faoliyati" degan an’anaviy tushunchani rad etmoqchi bo‘lishgan. Nashrlar ta’kidlashicha, bu tajriba avvalgi tadqiqotlar, jumladan, Jon Keyjning qo‘ziqorinlarga bo‘lgan qiziqishi va 1979-yildagi “O‘simliklarning yashirin hayoti” nomli hujjatli film bilan hamohangdir.

 

Shuningdek, bu yo‘nalishda ishlayotgan boshqa san’atkorlar ham bor. Mileece ismli rassom 2000-yillarning boshidan boshlab o‘simlik va zamburug‘larning bioelektrik signalini tovushga aylantirish orqali o‘z asarlarini yaratadi. Uning ishlari hatto Tate Modern galereyasida ham namoyish etilgan.

 

Yana bir qiziqarli misol — mycolyco guruhining eksperimental trekidir. U 2020-yilda pushti istiridye qo‘ziqorinining hayot sikliga asoslangan holda yaratilgan va YouTube’da 1,6 milliondan ortiq tomosha to‘plagan. Musiqachi Tarun Nayar esa TikTok’dagi “Modern Biology” sahifasi orqali qo‘ziqorin musiqasini millionlab tomoshabinlarga yetkazmoqda.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"