Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi harbiy asirlar almashinuvi amalga oshirildi
“Mingga ming” formulasi asosida yaradorlar va og‘ir ahvoldagi harbiylar o‘z vatanlariga qaytarildi.

2025-yil 4-iyul, juma kuni ikki davlat o‘rtasida harbiy asirlar va yaradorlarni almashishning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya tomonidagi muzokaralar guruhiga yaqin manba TASS axborot agentligiga tayanib oxu.az nashri ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, ushbu almashinuv doirasida ikki tomon bir necha harbiy asirlarni qaytarish bilan birga, doimiy sanitariya almashinuvini ham amalga oshirgan. Bu, asosan, yaradorlar va og‘ir ahvoldagi harbiylarni o‘z vatanlariga qaytarishni nazarda tutadi.
TASS ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya tarafiga ikkita kuryani ham qaytarilgan. Bu almashinuv 2025-yil 2-iyun kuni Istanbulda erishilgan kelishuvlar asosida tashkil etilgan. Muzokaralar davomida tomonlar “mingga ming” formulasiga ko‘ra har ikki tomondan 1000 nafardan asirni almashish, shuningdek, og‘ir kasal va 25 yoshgacha bo‘lgan harbiylarni "hamma uchun" tamoyiliga asoslangan holda qaytarishga kelishib olgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina tomonidan qaytarilgan rossiyalik harbiy xizmatchilar hozirda Belarus hududida joylashtirilgan. U yerda ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, shundan so‘ng ular Rossiyaga qaytariladi va davolanish hamda reabilitatsiya kursidan o‘tadilar.
Mazkur almashinuv Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan harbiy mojaroda insoniylik asosida olib borilayotgan muloqotning muhim bosqichi sifatida baholanmoqda.







