Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
“Xirillagan ovoz” asosiy alomat sifatida ta’kidlanmoqda.

Buyuk Britaniyada COVID-19’ning yangi shtammi – Stratus tarqala boshladi. “The Independent” ga tayaib oxu.az nashrining yozishicha, bu shtamm o‘ziga xos xirillagan ovoz bilan ajralib turadi.
Stratus shtammining ikki xil turi mavjud: XFG va XFG.3. Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi (UKHSA) ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi kasallanish holatlarining qariyb 30 foizi aynan ushbu shtammlar bilan bog‘liq.
Mutaxassislar fikricha, aholi orasida immunitetning pasaygani va emlanganlar sonining kamaygani tufayli bu shtamm bilan kasallanish xavfi ortib bormoqda.







