Toshkentda 4 ta mashina avariyaga uchradi
Ulardan biri yuk avtomashinasi bo‘lgan.

Kecha, 5 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha,Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida Shacman rusumli yuk avtomashinasi, Leapmotor, Nexia-3 va Cobalt rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







