O'zbekiston

Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming AQSH dollari bilan ushlandi

Shuningdek, DXX tomonidan Andijonda inspeksiya bo‘lim boshlig‘i va Namanganda agentlik mutaxassisi qo‘lga olingan.

Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming AQSH dollari bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Qoraqalpog‘iston, Namangan va Andijon viloyatlarida mansabdor shaxslar pora olayotgan va yer ajratishda suiiste’mollikka yo‘l qo‘ygan holatda qo‘lga olindi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taqiyatosh tumanida faoliyat yuritayotgan, qizilmiya ildizlarini qayta ishlovchi MChJ rahbaridan 150 gektar yer ajratish evaziga 12 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlangan.

 

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari 24 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirish evaziga 240 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olingan.

 

Uning mansabdor tanishi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Kosonsoy tuman loyihalar bo‘yicha bosh mutaxassisi 10 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgan.

 

Andijon viloyati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Andijon viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, fermer xo‘jaligining noqonuniy qurilmalari bo‘yicha zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.