O'zbekiston

Turkiyada ofitsiant bo‘lib ishlovchi o‘zbek ayol otib o‘ldirildi

35 yoshli marhumaning jasadi O‘zbekistonga yuboriladi.

Turkiyada ofitsiant bo‘lib ishlovchi o‘zbek ayol otib o‘ldirildi

2025-yil 5-iyul kuni Turkiyaning Aydın viloyatida joylashgan ovqatlanish muassasalaridan birida ofitsiant sifatida ishlagan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ayol shaxsiy ziddiyatlar ortidan yuzaga kelgan otishma oqibatida bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.

 

Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs qo‘lga olingan.

 

Vafot etgan vatandoshimizning jasadini O‘zbekistonga yuborish, shuningdek, uning yaqinlariga zarur konsullik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur holatni alohida nazoratga olgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.