O‘zbekiston MTJ FIFA reytingida yuqoriladi
Yangilangan reytingda jamoa ikki pog‘ona yuqoriga chiqqan.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan 10 iyul kuni eʼlon qilingan yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 1449,12 ochko bilan 55-o‘ringa ko‘tarildi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasida (AFK) O‘zbekiston milliy jamoasi kuchli o‘ntalikdan joy oldi.
AFKda eng yaxshi natijalarni Yaponiya (17-o‘rin), Eron (20), Janubiy Koreya (23) va Avstraliya (24) terma jamoalari ko‘rsatgan.
Reyting jadvalida esa Argentina, Ispaniya va Fransiya terma jamoalari yetakchilik qilmoqda.







