O‘zbekistonning 8 ta hududida IIB boshliqlari o‘zgardi
Andijonda 3 ta, Surxondaryoda 2 ta tayinlov amalga oshirilgan.

Ichki ishlar tizimida qator lavozimlarga tayinlovlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Postda” gazetasining 10 iyul kungi sonida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati Shahrixon tumanida Arslanov Bahodirjon lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Arziyev Sardorbek Anvarovich — IIB boshlig‘i etib tayinlandi.
Namangan shahrida Abduvaliyev Umarjon Xasanboyevich lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Abduhomidov Sobirjon Abduvoxobovich — IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Andijon viloyati Marhamat tumanida Jaloldinov Rustam Zuxurdinovich — IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida Axunov Akbarjon Po‘latjonovich — IIB boshlig‘i etib tayinlandi.
Navoiy viloyati Navbahor tumanida Qurbonov Baxronjon Ismatilloyevich — IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Mustafoqulov O‘ktam Yodgorovich — IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Choriyev Sodiq Baxrom o‘g‘li — IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Xorazm viloyati Urganch tumanida Raxmetov Jasurbek Abdullayevich — IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.







