O'zbekiston

Poytaxtda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan bo’ladi

Shavkat Mirziyoyev Bunyodkor ko‘chasida yangi turizm markazlarini ko‘zdan kechirdi.

Poytaxtda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan bo’ladi

10-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi qurilish ishlari, aholining turmush sharoiti va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida u Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini qamrab olgan yo‘nalishda bo‘ldi. Ushbu tumanlarni bog‘lab turuvchi Bunyodkor ko‘chasining 1,5 km qismi endilikda xizmat ko‘rsatish va gastroturizm ko‘chasiga aylantirildi.

 

Ko‘chada san’at va madaniyat maskanlari, turli idoralar, savdo nuqtalari va restoranlar faoliyat olib bormoqda. Prezident 90 ta tadbirkorlik sub’yektining faoliyati bilan tanishdi — ularning yarmi yangi tashkil etilgan. Hozirda bu hududda 500 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan bo‘lib, yiliga 255 ming mehmon tashrif buyurmoqda. Yaqin yillarda bu raqam 1 millionga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.

 

Davlat rahbari turizm sohasida so‘nggi yillarda 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshlaganini qayd etdi. 2024-yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni ilk bor 10 milliondan oshgan. Shu bois Toshkentda “gavjum ko‘chalar” konsepsiyasi rivojlantirilmoqda.

 

Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangi Hayot tumanlarida shunday maskanlar tashkil etilgan bo‘lib, Bunyodkor ko‘chasi bu tizimning muhim halqasiga aylanishi kutilmoqda.

 

Umuman, Toshkent shahrida 26 ta ko‘chani tunu-kun faoliyat yuritadigan maskanga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

 

Tashrif davomida zamonaviy avtobus bekatlari va avtoturargohlar loyihasi ham taqdim etildi. Prezident bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, xizmat ko‘rsatish sifati va qulayliklarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.