O'zbekiston

Toshkentda suv quvuri dahshatli portladi

Hodisa joyiga qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Jabrlanganlar soni haqida aniq maʼlumot yo‘q.

Toshkentda suv quvuri dahshatli portladi

Bugun, 10-iyul kuni soat 11:00 larda Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Farobiy ko‘chasida joylashgan ToshMI chorrahasi yaqinida yer ostidan o‘tuvchi diametri 800 mm bo‘lgan suv quvuri portlab ketdi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, quvur bosim ostida yorilgan. Hodisa oqibatida kuchli suv oqimi yuzaga kelib, chorraha hududida ko‘chalarda suv toshqiniga, ayrim binolarning oynalari sinishiga, shuningdek, avtomobillarga zarar yetishiga sabab bo‘lgan.

 

Mahalliy guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash kuchli ovoz bilan yuz bergan, yer ostidan toshlar otilib, avtomashinalarga jiddiy zarar yetgan. Hodisa joyiga yon-g‘in va qutqaruv brigadalari tezkor yetib kelgan.

 

Hozircha rasmiy manbalarda jabrlanganlar soni haqida aniq ma’lumot yo‘q, biroq ayrim norasmiy xabarlarda tan jarohati olganlar borligi aytilmoqda.

 

Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar quvurning yorilish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar hajmini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda suv quvuri dahshatli portladi | Zamon.uz