O'zbekiston

Xitoy kompaniyasi Toshkent yo‘l infratuzilmasi uchun 300 million dollar ajratdi

Endilikda yo‘l ta’mirlash ishlari “fasaddan fasadgacha” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Xitoy kompaniyasi Toshkent yo‘l infratuzilmasi uchun 300 million dollar ajratdi

Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning ma’lum qilinishicha, bu boradagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yirik xalqaro investitsiyalar jalb etilgan.

 

Xususan, Xitoyning yirik qurilish kompaniyasi — China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) tomonidan Toshkent shahar hokimligiga 300 million AQSh dollari miqdorida investitsiya ajratilgan. Ushbu mablag‘lar poytaxt yo‘llarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, hamda zamonaviy yo‘l o‘tkazgichlar (estakadalar) qurilishiga yo‘naltiriladi.

 

Hozirgi kunda loyiha doirasida Shota Rustaveli ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Umumiy rejaga ko‘ra, 200 kilometr yo‘l va 4 ta estakada quriladi va zamonaviy talablar asosida ta’mirlanadi.

 

Shavkat Umurzoqovning ta’kidlashicha, bundan buyon barcha qurilish ishlari “fasaddan fasadgacha” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, nafaqat yo‘l qoplamasi, balki ko‘chaning ikki tomonidagi infratuzilma va bino fasadlari ham to‘liq qamrab olinadi. Bu esa Toshkent ko‘chalarini yanada tartibli, estetik jihatdan chiroyli va qulay qilishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, davlat rahbari topshirig‘iga binoan, qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ham ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xitoy kompaniyasi Toshkent yo‘l infratuzilmasi uchun 300 million dollar ajratdi | Zamon.uz