O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi
Prezident qarori asosida bayram tadbirlari mamlakat bo‘ylab keng miqyosda tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror (PQ–222-son) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 34 yillik mustaqillik bayrami Yangi O‘zbekiston taraqqiyot darajasi va xalqaro maydondagi nufuziga munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.
Bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.
Bayram tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri, shuningdek barcha shahar, tuman, qishloq va ovullarda keng miqyosda tashkil etilishi ta'minlanadi.
An’anaviy ko‘rik-tanlovlar — “Ona diyor – ranglar jilosi”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” — yuqori darajada o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur bayram mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari, xalqimizning birlik va birdamligini namoyish etish, milliy qadriyatlar va yangilanish ruhini keng targ‘ib qilishga qaratiladi.







