O'zbekiston

O'zbeklar halok bo‘lgan Olmaotadagi hostel yong‘ini bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

Hostelda 72 nafar odam bo‘lgan, ulardan 13 nafari halok bo‘lgan.

O'zbeklar halok bo‘lgan Olmaotadagi hostel yong‘ini bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

Olmaota shahridagi sud 2023-yil noyabr oyida yuz bergan va 13 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hostel yong‘ini bo‘yicha sud ishini yakunladi. Sud hostel direktori Adilbek Muhamediyarov va yong‘in signalizatsiyasini o‘rnatgan kompaniya rahbari Aleksandr Pekelnikni aybdor deb topdi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Muhamediyarov bino hujjatlari faqat do‘kon uchun mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, uning birinchi qavati va yerto‘lasini noqonuniy ravishda mehmonxonaga aylantirgan. Ventilyatsiya tizimi mavjud emasligi, tor yo‘laklarga to‘shaklar joylashtirilgani yong‘in vaqtida evakuatsiyani qiyinlashtirgan. Yong‘in aynan shu joyda boshlanib, katta fojia keltirib chiqargan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Muhamediyarov yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik va ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ortiq odamning o‘limiga sababchi bo‘lganlikda aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Signalizatsiya tizimini o‘rnatgan Aleksandr Pekelnik esa sifatsiz jihozlardan foydalangani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudda u bu ishlarning hostel uchun emas, boshqa maqsadlarda bajarilganini ta’kidladi.

 

Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda hostel ichida 72 kishi bo‘lgan. Fojia oqibatida 13 kishi — 9 qozog‘istonlik, 2 rossiyalik va 2 o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi. Barchasi is gazidan zaharlangan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, aybdorlar halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ma’naviy zarar uchun har biriga 7 million tenge miqdorida tovon puli to‘lashi lozim.

 

Bu ish so‘nggi yillardagi eng ko‘p muhokama qilingan va murakkab sud jarayonlaridan biri sifatida esda qoldi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O'zbeklar halok bo‘lgan Olmaotadagi hostel yong‘ini bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi | Zamon.uz