Dog‘istonda 302 kishi suvdan zaharlandi
Ularning asosiy qismini bolalar tashkil etadi.

Dog‘istonning Magaramkent tumanida 302 kishi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga murojaat qildi. Ularning 294 nafari bolalar.
Zaharlanish Magaramkentdan 14 kilometr uzoqlikda joylashgan buloq suvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ayni paytda vaziyat Dog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan nazoratga olingan. Hududda kerakli profilaktik choralar ko‘rilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari ko‘magida bemorlarga barcha zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.Shuningdek, shifokorlar qishloqlarda uyma-uy yurib, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Bemorlarning ahvoli yaxshilanmoqda, ulardan 3 nafari shifoxonadan chiqarilgan. Ayni paytda shifoxonada 93 nafar bemor davolanmoqda.







