Toshkentda hovuzda cho‘kkan 7 nafar boladan bir nafari vafot etdi — Bosh prokuratura
2 nafar voyaga yetmagan bola davolanmoqda, shundan 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Toshkent shahrida bolalar ishtirokida hovuzda cho‘kish bilan bog‘liq bir qator holatlar qayd etildi. Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, joriy yilning 12-maydan 10-iyulgacha bo‘lgan davrda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga Toshkent shahri bo‘ylab turli manzillardan 7 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kish holati bilan olib kelingan.
Shundan:
4 nafar bola tibbiy muolajadan so‘ng sog‘lom holda uyiga javob berilgan;
2 nafar bola hozirda davolanmoqda, ulardan birining ahvoli og‘ir;
1 nafar bola esa uy hovlisidagi basseynda cho‘kib ketgan va kasalxonaga yetkazilgan vaqtda biologik o‘lim qayd etilgan.
Vafot etgan bolaning cho‘kishiga qarovsiz qolganligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.







