O'zbekiston

Xorazmda ota aliment o‘rniga farzandlariga 4 xonali kvartira berdi

Majburiy ijro byurosi ishi doirasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdi.

Xorazmda ota aliment o‘rniga farzandlariga 4 xonali kvartira berdi

Xorazm viloyatining Gurlan tumanida yashovchi fuqaro voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun aliment pullarini oldindan to‘lash o‘rniga, o‘ziga tegishli ko‘p qavatli uyda joylashgan kvartirani bolalariga hadya qildi.

 

Majburiy ijro byurosining Gurlan tuman bo‘limi axborotiga ko‘ra, mazkur harakat fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining buyrug‘i asosida olib borilgan ijro ishi doirasida amalga oshirilgan.

 

Sud qaroriga asosan, fuqarolar H. Yuldashevdan N. To‘rayeva foydasiga, ularning voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

 

Majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, ota alimentni pul ko‘rinishida emas, balki mulk orqali oldindan to‘lash imkoniyatidan foydalandi.

 

Uning tashabbusi bilan Urganch shahrida joylashgan, umumiy maydoni 73,3 kvadrat metr bo‘lgan to‘rt xonali kvartira farzandlaridan biri nomiga rasmiy notarial tartibda hujjatlashtirildi.

 

Bu holat ota va onaning o‘zaro roziligi asosida amalga oshirildi va qonunchilikka muvofiq tarzda rasmiylashtirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.