O'zbekiston

“Taqtaqoracha” dovonida 7 km uzunlikda pulli tunnel quriladi

Hozirda loyihaga 3 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda.

“Taqtaqoracha” dovonida 7 km uzunlikda pulli tunnel quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamovning ma’lum qilishicha, 2025-yilda Samarqand viloyatidagi Taqtaqoracha dovonida 7 kilometr uzunlikdagi pulli tunnel qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlari to‘liq ishlab chiqiladi va loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.

 

Bugungi kunda mazkur tunnel loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan 3 ta yirik kompaniya tanlov asosida ko‘rib chiqilmoqda. Loyiha bo‘yicha geodeziya va geologiya ishlari yakunlangan, texnik-iqtisodiy asos tayyorlanmoqda.

 

Rejaga ko‘ra, 2026-yil oxiriga qadar xususiy sherik tanlab olinib, shartnoma imzolanadi va qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda.

 

Mazkur loyiha Taqtaqoracha dovonidan o‘tuvchi hozirgi avtomobil yo‘lida transport oqimini kamaytirish, harakat xavfsizligini oshirish hamda sayohat vaqtini qisqartirishga xizmat qiladi. Tunnel pulli bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu loyiha xarajatlarini qoplash va uning samaradorligini ta’minlash uchun muhim hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.