O'zbekiston

Uchtepada noqonuniy qurilish ishi to‘xtatildi

Qurilish inspeksiyasi tomonidan 13 marta o‘tkazilgan tekshiruvda loyihaviy me’yorlar buzilgani aniqlandi.

Uchtepada noqonuniy qurilish ishi to‘xtatildi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Great Vertex” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasi loyihadagi belgilangan me'yorlar buzilgani sababli to‘xtatildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, majmua avvaldan avtoturargoh joylashgan hududda qurilayotgan bo‘lib, 2025-yil 28-fevralda qavatlar sonini oshirish bo‘yicha berilgan so‘rov rad etilganiga qaramay, qurilish davom ettirilgan.

 

Qurilish inspeksiyasi tomonidan 13 marotaba o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida loyihada belgilangan me’yordan ortiq qavatlar qurilgani aniqlangan va mas’ul shaxsga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Hozirda barcha ishlar to‘xtatilgan bo‘lib, qonunbuzarliklar bartaraf etilmagunicha, qurilishga ruxsat berilmaydi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Uchtepada noqonuniy qurilish ishi to‘xtatildi | Zamon.uz