O'zbekiston

Sherzod Asadov kommunikatsiyalar bo‘yicha yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Sherzod Asadov kommunikatsiyalar bo‘yicha yangi lavozimga tayinlandi

Bugun, 14-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasida bir qator lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi. Davlat rahbarining tegishli farmoniga muvofiq, bir nechta yangi departamentlarga rahbarlar tayinlandi, ayrim rahbarlar esa boshqa lavozimlarga o‘tkazildi yoki ozod etildi.

 

Sherzod Asadov yangi tashkil etilgan Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u avvalgi matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi.

 

Yana bir qancha muhim tayinlovlar:

 

Alisher Samadov — Prezident Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari bo‘ldi. U prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

Doniyor Qodirov — Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentga rahbar etib tayinlandi.

 

Gayane Umerova — Kreativ iqtisodiyot va turizm yo‘nalishi bo‘yicha yangi departament rahbari bo‘ldi.

 

Nodirjon Abdurahimov — Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentiga rahbarlik qiladi.

 

Bobur Xo‘jayev — Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departament boshlig‘i etib tayinlandi.

 

Ella Jahongirova — Tadbirlarni tashkillashtirish departamenti rahbarligiga tayinlandi.

 

Zilemxan Haydarov — Administratsiya Ishlar boshqarmasining yangi rahbari bo‘ldi.

 

Bu o‘zgarishlar Prezident administratsiyasining ichki tuzilmasini yangilash va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sherzod Asadov kommunikatsiyalar bo‘yicha yangi lavozimga tayinlandi | Zamon.uz