O'zbekiston

Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish uchun maxsus ekspert kengashi tuziladi

Yangi tartib tadbirkorlarning vaqt va xarajatlarini tejashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish uchun maxsus ekspert kengashi tuziladi

O‘zbekistonda tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish uchun yangi mexanizm joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 11-iyuldagi qaroriga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi.

 

Mazkur kengash soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq sohalaridagi malakali mutaxassislardan iborat bo‘ladi. Kengash har oyda kamida ikki marta yig‘ilish o‘tkazib, tadbirkorlarning soliq organlari qarorlaridan norozi bo‘lib qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqadi. Biroq bu tartib jinoyat ishi doirasida yoki sudda ko‘rib chiqilayotgan nizolarga taalluqli emas.

 

Ekspert kengashi murojaatlar bo‘yicha xulosa chiqaradi va uni majburiy tartibda soliq, bojxona hamda boshqa tegishli davlat organlariga yuboradi. Bu haqda tadbirkorga ham ma’lumot beriladi. Yangi tizim soliqqa oid nizolarni tez va shaffof hal etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish uchun maxsus ekspert kengashi tuziladi | Zamon.uz