O'zbekiston

Toshkentda fuqaro mashina kapotini akvariumga aylantirdi

Hozirda unga nisbatan maʼmuriy jazo tayinlangan.

Toshkentda fuqaro mashina kapotini akvariumga aylantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir haydovchi o‘z avtomobilining kapot qismiga maxsus himoya plyonkasi o‘rnatib, ichini suv bilan to‘ldirgani va unga tirik baliqlar solganligi aks etgan video tarqalmoqda. Ushbu noyob “akvarium” videosi ko‘plab odamlarning eʼtiborini tortdi, biroq bu amaliyot ekologik jihatdan to‘g‘ri emasligi sababli qoralandi.

 

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahrining Ekologiya va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan tezkor tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida avtomobil kapotidagi suv tirik baliqlar uchun ekologik xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlangan hamda bunday harakatlar jamoat tartibini buzish va atrof-muhitga zarar yetkazish deb baholangan.

 

Hozirda mazkur harakatlarni amalga oshirgan fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan 1 million 125 ming so‘m jarima belgilangan.

 

“Mutasaddilar bunday noodatiy va xavfli tajribalardan tiyilishni hamda tabiiy resurslarga zarar yetkazmaslikni tavsiya qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda fuqaro mashina kapotini akvariumga aylantirdi | Zamon.uz