O'zbekiston

Bolalarni itdek akillatgan defektologga yana jinoiy ish ochildi

Uning xatti-harakatlari yuzasidan bir yil oldin ham prokuraturaga so‘rov yuborilgandi.

Bolalarni itdek akillatgan defektologga yana jinoiy ish ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini go‘yoki defektolog-psixolog deb atagan Dilorom Jabborova duduqlangan bolalarni so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan videoxabarlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, bu bo‘yicha Bolalar ombudsmani 2024 yilning yakuni va 2025 yil yanvar oyida o‘rganish olib borgan va bu haqda jamoatchilikka maʼlumot bergan.

 

Xususan, Bolalar ombudsmanining D.J ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh tuzilgan. O‘tkazilgan o‘rganish natijasida pedagog D.J ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekanligi, D.J ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan. Buning asosida Bolalar ombudsmani tomonidan prokuratura organlariga holatga huquqiy baho berish to‘g‘risida so‘rov kiritilgan va D.J ga nisbatan jinoyat ishi yurituvi olib borilgan.

 

Maʼlum vaqt o‘tganidan so‘ng D.J avvalgidek duduqlanishi bo‘lgan bolalar bilan o‘zining ilmiy asoslanmagan, defektologiyaga daxli yo‘q amaliyotini davom ettirgani kuzatilgan. 

 

D.J ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan 2025 yilning 2 iyun kuni Bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga yana tegishli so‘rov yuborgan. 

 

Natijada 2025 yil 25 iyun kuni Toshkent shahar Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror (17.04.2025-yilda chiqarilgan) bekor qilinib, ish hujjatlari tergov harakatlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan. 

 

2025 yil 4 iyul kuni Tergov bo‘limi tomonidan D.J ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bolalarni itdek akillatgan defektologga yana jinoiy ish ochildi | Zamon.uz