O‘zbekistonda 4 kun davomida juda yuqori harorat bo'lishi e'lon qilindi
17–20 iyul kunlari havo harorati +43 darajagacha, janub va cho‘l hududlarida esa +45 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonda yaqin 4 kun ichida g‘ayrioddiy darajada issiq ob-havo kuzatiladi. "O‘zgidromet" xizmati 17–20 iyul kunlari mamlakatga kuchli issiq havo oqimlari kirib kelishini ma’lum qildi. Prognozlarga ko‘ra, havo harorati kunduz kunlari +40…+43 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa +45 darajagacha yetishi mumkin.
Shifokorlar va qutqaruv xizmati xodimlari aholini salomatlikka e’tiborli bo‘lishga chaqirmoqda. Agar holsizlik, bosh aylanish yoki boshqa issiq urish belgilari sezilsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Issiqlik tufayli ayrim hududlarda elektr ta’minotida ham muammolar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Shu sababli, imkon qadar oldindan choralar ko‘rish, suv va boshqa zaruriy ehtiyojlarni tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.







