Surxondaryoda fuqarolar uyida kobra ilon saqlagani aniqlandi
Hozirda jami 26 bosh ilon tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Surxondaryoda 6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni — jami 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi. Bu haqida Ekologiya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur ilonlar Ekologiya vazirligi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlangan. Ular olib qo‘yilib, Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan. Endi esa ushbu ilonlar Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining ilmiy xulosasi asosida “Surxon” davlat qo‘riqxonasining Kampirtepa, Sherjon va Sholkon hududlariga qo‘yib yuborilgan.
Qizil kitobdagi maʼlumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo kobrasi hozirda ayrim yashash joylarida butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, qolganlarida soni kam uchraydi. Sharq bo‘g‘ma ilonining soni haqida esa aniq maʼlumotlar yo‘q.







