O'zbekiston

Toshkentda yuzlab odamdan uy uchun pul yig’ib olgan qurilish kompaniyasi rahbari hibsga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 200 ga yaqin odam uy uchun naqd pulda to'lov qilib, aldangani aks etgan videolar tarqalgan.

Toshkentda yuzlab odamdan uy uchun pul yig’ib olgan qurilish kompaniyasi rahbari hibsga olindi

Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurish va uylardan xonadonlar sotish va’dasi bilan fuqarolardan katta miqdorda pul yig‘gan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Holat bo‘yicha rasmiy tekshiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro T.N. 2021-yilda “Strong Cities” MCHJni tashkil etgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish faoliyatini yuritish uchun zarur ruxsat va litsenziyalarsiz ish boshlagan. Korxona nomidan fuqarolarga Olmazor tumanidagi yer maydonida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uylardan xonadonlar taklif qilingan.

 

Ushbu jarayonda shartnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, mablag‘lar maxsus bank hisobvaraqlari orqali emas, qonunchilikka zid tarzda qabul qilingan. 2023–2024-yillar davomida yig‘ilgan pullar katta miqdorga yetgan.

 

Hududiy qurilish nazorati organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda obyekt bo‘yicha faqat yerga oid kadastr hujjatlari mavjudligi, qurilish va montaj ishlarini olib borish uchun zarur texnik loyihalar va ruxsatlar yo‘qligi aniqlandi. Shuningdek, inshootning seysmik xavfsizlik talablariga javob bermasligi bois qurilish ishlari to‘xtatilgan, obyekt esa o‘z ixtiyori bilan demontaj qilingan.

 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ochilib, T.N. hibsga olingan va tergov davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda yuzlab odamdan uy uchun pul yig’ib olgan qurilish kompaniyasi rahbari hibsga olindi | Zamon.uz