O'zbekiston

2027-yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi

2026-yil 1-dekabrdan pensiya xizmatlari to‘liq raqamlashtirilib, “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi.

2027-yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi

Prezidentning “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari faoliyati to‘xtatiladi.

 

Mazkur o‘zgarish raqamlashtirish jarayonlari orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir hududiy boshqarmada 1–3 nafar xodimdan iborat ixcham xizmat ofislari tashkil etiladi.

 

2026-yil 1-dekabrdan pensiya tizimi quyidagi avtomatlashtirilgan xizmatlarga o‘tadi:

 

fuqarolarning ish staji va ish haqi haqidagi elektron ma’lumotlarga asoslangan pensiya miqdorini dastlabki hisoblash imkonini beruvchi “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;

 

barcha pensiya xizmatlari proaktiv, elektron va interaktiv formatlarga o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, 2025-yil 1-oktabrgacha pensiya to‘lovlaridan ushlab qolishlar amalga oshirilishidan avval fuqarolarni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2027-yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi | Zamon.uz