Prezident farmoniga ko‘ra bir qator tuzilmalar qayta tashkil etildi
АОКА vakolatlari boshqa tashkilotga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidenti farmoniga asosan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (АОКА) tugatildi. Uning axborot sohasidagi nazorat va monitoringga oid vazifalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘tkazildi.
Shuningdek:
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz Prezident Administratsiyasi tasarrufiga o‘tdi.
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi asosida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi.
Prezident Administratsiyasi Matbuot xizmati huzurida OAV uchun kontent tayyorlash markazi tashkil qilindi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rniga Boshqaruv samaradorligi agentligi tuzildi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ham Prezident Administratsiyasi tasarrufiga o‘tkazildi.







