O'zbekiston

“Sog’lom ona bunday qilmaydi!” Senator bolalarni jang qildirgan mashhur blogerga chora ko’rishni so’radi

Bolalarning qo’liga tig’li buyumlar berib, urishga da’vat qilingan video ijtimoiy tarmoqlarda norozilik keltirib chiqargach, bloger jarimaga tortildi.

“Sog’lom ona bunday qilmaydi!” Senator bolalarni jang qildirgan mashhur blogerga chora ko’rishni so’radi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chechenka” taxallusi bilan tanilgan bloger kichik yoshdagi bolalarni o‘zaro urishtirayotgani tasvirlangan videoxabar tarqaldi.

 

Shundan so’ng holatni Senator Jamila Bobonazarova qoralab chiqdi. “Bu sog’lom onadan chiqadigan jarayon emas. Uning kuzatuvchilari asosan yosh bolali onalar ekan, bolalarning qo’liga tig’li narsalar berib, bu tarzda targ’ib qilish to’g’ri emas. Bunday kontentlarni tarmoqlarga joylashni qoralayman” deya senator Bolalar ombudsmanini “Chechenka”ni tekshirishga va vaziyatni nazoratga olishga chaqirdi.

 

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilib, holatga huquqiy baho berish maqsadida 14-iyul kuni IIVga tegishli so‘rov berildi.

 

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani IIB tomonidan aniqlanishicha, blogerlik bilan shug‘ullanuvchi ayol A.G. (1993- yilda tug‘ilgan) 13-iyul kuni Toshkent viloyatida oilaviy dam olish vaqtida kichik yoshdagi o‘g‘li va jiyanini go‘yoki hazillashib urishtirgan va bu holat tasvirlangan videoni o‘z instagram sahifasiga joylashtirgan.

 

Kecha, 15-iyul kuni fuqaro G.A. bola manfaatiga zid harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatini bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortildi.

 

Hozirda mazkur oila mutasaddilar tomonidan alohida nazoratga olingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Sog’lom ona bunday qilmaydi!” Senator bolalarni jang qildirgan mashhur blogerga chora ko’rishni so’radi | Zamon.uz