O'zbekiston

Surxondaryolik 85 yoshli onaxon 27 yil avval xizmat vaqtida vafot etgan o‘g‘lining xotira monumentini ko‘rgani Toshkentga keldi

“Millat fidoyilari” xiyobonida mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan 196 nafar harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari, jumladan ilk bor bojxona xodimlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi.

Surxondaryolik 85 yoshli onaxon 27 yil avval xizmat vaqtida vafot etgan o‘g‘lining xotira monumentini ko‘rgani Toshkentga keldi

Poytaxtdagi “G‘alaba” bog‘ida tashkil etilgan “Millat fidoyilari” xiyobonida mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan 196 nafar harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari, jumladan ilk bor bojxona xodimlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi. Kuni kecha ushbu majmuaga xizmat vazifasi chog‘ida halok bo‘lgan o‘g‘lining xotirasiga o‘rnatilgan monument ko‘rish uchun surxondaryolik onaxon tashrif buyurdi. 

 

 

Surxondaryolik Hayitoy momoning farzandi – bojxona xodimi Botir Davlatov bundan 27 yil muqaddam – 1998 yilning fevral oyida chegara bojxona postida xizmat olib borayotgan vaqtida xalok bo‘lgan edi. “Millat fidoyilari” majmuasiga Botir Davlatovning nomi ham zarhal harflar bilan bittilganini eshitib Surxondaryoning Sherobod tumanidan poytaxtga oshiqdi.

 

Dastlab Bojxona qo‘mitasiga tashrif buyurgan Hayitoy momo Qurbonovani Rais o‘rinbosari O.Choriyev qarshi olgan.

 

 

Onaxon qo‘mita hovlisida qahramon bojxonachilar sharafiga o‘rnatilgan moʻjaz monument qoshida o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi, “Bojxona tarixi” muzeyida bo‘lib, farzandi bilan bog‘liq eksponatlarni ko‘zdan kechirdi.

 

So‘ngra mehmonlar “G‘alaba” bog‘idagi “Millat fidoyilari” xiyobonida bo‘lishdi. Hayitoy momo farzandlari va nevaralari qurshovida Botir Davlatovni - tahlikali vaziyatda o‘zini o‘ylamay, burchiga sodiq qolib, xalqi uchun jonini fido qilgan bojxona xodimini yodga olishdi.

 

 

 

“Majmuaning Bojxona qo‘mitasi bag‘ishlangan qismida bojxona faoliyatining umumiy manzarasi tuyalar karvoni, turli transport vositalarida tashiladigan tashqi savdo yuklari fonidagi 4 nafar bojxona xodimi timsolida aks etadi.

 

Xodimlarning yuz ko‘rinishlari real hayotdagi prototiplarga ega. Masalan, majmuadagi kinolog bojxona xodimining yuz tuzilishi Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi Xizmat itlari bilan mashq o‘tkazish bo‘limining marhum xodimi Akmal O‘rinboyev qiyofasidan olingan.

 

 

 

Kasalligi bois hayotdan erta ketgan pskentlik Akmal O‘rinboyev o‘zining 10 yillik faoliyati davomida kinologlarni tayyorlash va xizmat itlarini o‘rgatishda alohida jonbozlik ko‘rsatdi.

 

Uning ota-onasi Abduvali ota va Shohidaxon aya “Millat fidoyilari” xiyoboniga kelib taskin topishadi, xayolan farzandi bilan suhbatlashishadi”, - deydi qo‘mita matbuot kotibi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryolik 85 yoshli onaxon 27 yil avval xizmat vaqtida vafot etgan o‘g‘lining xotira monumentini ko‘rgani Toshkentga keldi | Zamon.uz