O'zbekiston

Xorazmda ekologiya inspektorlari ayovsiz do‘pposlandi

Huquqbuzarlar inspeksiya xodimlariga og‘ir tan jarohati yetkazishgach, yuk mashina bortiga ortib olishgan. Xodimlar harakatlanib ketayotgan mashinadan sakrab qochishgan.

Xorazmda ekologiya inspektorlari ayovsiz do‘pposlandi

15-iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Peshku tumanining “Safron” cho‘l massivida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

 

Reydga boshqarmaning inspeksiya boshlig‘i J.Toshev hamda inspektorlar A.Qurbonov, B.Ro‘ziyev, J.Yadgarov, F.Murodov, N.Muhammadiyev va O.Hesenov jalb etilgan.

 

Tadbir davomida Xorazm viloyatidan bo‘lgan noma’lum shaxslar “ZIL” rusumli yuk mashinasiga noqonuniy ravishda kesilgan saksovul o‘simliklarini ortib, cho‘l hududidan olib chiqayotgan paytda kuzatuvga olingan. Ta’qib jarayonida yuk mashinasi A-380 avtomobil yo‘li orqali Xorazm viloyatiga kirgan.

 

Shundan so‘ng bosh inspektor J.Toshev kuzatuvni davom ettirgan va yo‘lning taxminan 5-kilometrida “ISUZU” yuk mashinasi tomonidan yo‘li to‘silib, avtomashinasiga zarar yetkazilgan. Avtomobildan tushgan noma’lum shaxslar sovuq qurollar bilan xodimlarga tajovuz qilgan, bosh inspektorni haqorat qilgan.

 

Ayni vaqtda inspektorlar N.Muhammadiyev va O.Hesenovga nisbatan og‘ir jismoniy tajovuz sodir etilib, ularning tanasiga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazilgan. Jumladan, N.Muhammadiyevning oyog‘i singani ma’lum bo‘ldi. Jabrlanuvchilar tahdid ostida yuk mashinasiga majburan ortilgan, biroq harakat davomida o‘zlarini mashina bortidan tashlab, qochishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xorazmda ekologiya inspektorlari ayovsiz do‘pposlandi | Zamon.uz