O'zbekiston

Farg‘onada noqonuniy diniy taʼlim berilayotgan o‘quv markaz aniqlandi

Bu yerda jami 28 nafar voyaga yetmagan bola o‘qitib kelingan.

Farg‘onada noqonuniy diniy taʼlim berilayotgan o‘quv markaz aniqlandi

Farg‘ona viloyatida noqonuniy diniy taʼlim bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqida DXX axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Yozvyovon tumanining Tegirmonboshi MFYda istiqomat qiluvchi, 1991 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z yashash manzilida professional maʼlumotga ega bo‘lmasdan 6 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq berib kelayotgani aniqlangan. Bolalar mazkur xonadonda yashab saboq olib kelishgan.

 

Hujra sharoitida diniy saboq berib kelish holat Qo‘shtepa tumanida ham aniqlangan. Mumtoz mahallasida istiqomat qiluvchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro joriy yilning 30 iyun kuni o‘zining yashash manzilida hujra tashkil etgan. Erkak bu yerda voyaga yetmagan qizlarga diniy taʼlim berishni yo‘lga qo‘ygan.

 

Xuddi shunday holat Dang‘ara tumanida ham fosh etilib, unda Tangriqul MFYda istiqomat qiluvchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash manzilida 4 nafar bolalarga joriy yilning iyun oyi boshlaridan buyon diniy saboq berib kelgan.

 

Tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmay turib, diniy saboq berish holati Farg‘ona tumani Vodil MFYda joylashgan o‘quv markazida ham aniqlandi. Mazkur o‘quv markazida diniy saboq berish mumkin bo‘lmasada, 1997 yilda tug‘ilgan shaxs 28 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy taʼlim berib kelgan.

 

Ayni paytda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida sud idoralariga yuborildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.