O'zbekiston

IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi oshgani rad etildi

Bojxona qo’mitasi ijtimoiy tarmoqlarda IMEI uchun to‘lov qimmatlashgani haqida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi oshgani rad etildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxlari oshib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Aslida esa, bu to‘lov o‘zgarmagan va bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizini tashkil qiladi – ya’ni hozirda 75 ming so‘m. Bu haqda Bojxona qo’mitasi Raisining matbuot kotibi xabar bergan.

 

Shunda “ilgari 30-40 dollar edi, endi 100-400 dollarga chiqib ketdi” degan gaplar qayerdan chiqmoqda?

 

Bu, asosan, noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan telefonlarni sotayotgan shaxslarning o‘zini oqlash harakatidir. Rasmiy yo‘l bilan import qilingan telefonlarda IMEI raqami allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘ladi.

 

Masalan, 2024-yilda O‘zbekistonga 1,8 million dona, qiymati 188 mln dollarlik telefon rasmiy olib kirilgan. Ammo, noqonuniy kirimlar ham bor – bojxona organlari shu yilning o‘zida 44 mingdan ortiq noqonuniy telefonni to‘xtatgan.

 

Agar telefon noqonuniy olib kirilgan bo‘lsa, uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qurilmaning bojxona qiymatidan 30 foiz miqdorida yagona boj to‘lovi undiriladi. Shu bois ayrimlar bu to‘lovni "IMEI uchun narx oshib ketdi" deb ko‘rsatmoqda.

 

Noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan qurilmalardan ehtiyot bo‘ling, chunki ular nafaqat IMEI muammosini tug‘diradi, balki servis xizmatlaridan ham mahrum qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi oshgani rad etildi | Zamon.uz