O'zbekiston

Telegram’da qizga yozgan xabari sabab erkak 5 sutkaga qamaldi va jarimaga tortildi

Erkakning ayolga yozgan bezorilik mazmunidagi xabari va uning ma’lumotlarini tarqatishi sud qarori bilan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ldi.

Telegram’da qizga yozgan xabari sabab erkak 5 sutkaga qamaldi va jarimaga tortildi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi fuqaro N.M. Telegram orqali ayol kishiga tanishish maqsadida yozgan xabari hamda uning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Tuman sudida ko‘rib chiqilgan holatga ko‘ra, N.M. joriy yilning iyun oyida fuqaro G.A.ga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqatgan. Shuningdek, 8-iyul kuni soat 18:44 da Telegram orqali G.A.ga tanishishni taklif qilib, tinchligini buzgan va jamoat tartib-qoidalariga zid harakat qilgan.

 

Ushbu harakatlar yuzasidan rasmiy bayonnoma tuzilgan va u MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik)dan 41-1-moddasi (ayollarning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash)ga qayta malakalanib, MJtKning 411 va 46-2-moddalari bilan aybdor deb topildi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, N.M.ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va eng kam oylik ish haqining 7 baravari miqdorida — 2 million 625 ming so‘m jarima belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Telegram’da qizga yozgan xabari sabab erkak 5 sutkaga qamaldi va jarimaga tortildi | Zamon.uz