O'zbekiston

Tojikiston va O‘zbekiston Rog‘un GES elektr energiyasi bo‘yicha 20 yilga shartnoma tuzdi

O‘zbekiston Rog‘un GESdan har kilovatt-soatini 3,4 sentdan sotib oladi.

Tojikiston va O‘zbekiston Rog‘un GES elektr energiyasi bo‘yicha 20 yilga shartnoma tuzdi

Tojikiston hukumati O‘zbekiston bilan Rog‘un GES elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik bitimini imzolashga rozilik berdi. Bitim doirasida dastlabki kelishuvga ko‘ra, Rog‘un GESdan O‘zbekistonga har kilovatt-soat elektr energiyasi 3,4 AQSh sentidan yetkazib beriladi. Narx har yili 1 foizga indeksatsiya qilinadi. Bu haqda Asia plus nashri xabar bergan.

 

Elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha yakuniy shartlar “Rog‘un GES” va O‘zbekistonning “Uzenergosotish” kompaniyalari o‘rtasidagi alohida shartnomada belgilanadi. Bu shartnoma 20 yilga mo‘ljallangan va har 10 yilda avtomatik ravishda uzaytirilishi mumkin.

 

Rog‘un elektr energiyasi O‘zbekiston energetika tizimidagi quvvat tanqisligi yuzaga keladigan vaqtlarda, ya’ni asosan yozgi mavsumda yetkazib beriladi. Bu yetkazib berishlar “Barki Tochik” kompaniyasining mavjud eksportlari bilan parallel tarzda amalga oshiriladi.

 

Hozircha Rog‘un GES to‘liq quvvatda ishlamayotgan bo‘lsa-da, kelgusida stansiya ishga to‘liq tushgach, elektr energiyasi yil davomida muntazam eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Tojikiston va O‘zbekiston Rog‘un GES elektr energiyasi bo‘yicha 20 yilga shartnoma tuzdi | Zamon.uz