O'zbekiston

Xususiy klinikalarga organ ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin

Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritilsa, dastlab oddiy operatsiyalarga ruxsat berilishi, keyinchalik esa to‘liq transplantatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Xususiy klinikalarga organ ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga transplantatsiya amaliyotini amalga oshirishga ruxsat berish taklifi muhokama qilinmoqda. Bu haqda 15-iyul kuni Savdo-sanoat palatasida sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qilindi.

 

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Alisher Boboyevning bildirishicha, prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u hozirda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda. Loyihaga ko‘ra, xususiy klinikalarga organ ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalarini bajarishga ruxsat berilishi mumkin. Hujjatning e’lon qilinishi yaqin 2-3 hafta ichida kutilmoqda.

 

Central Asian Medical University rektori Nurillo Mamasodiqov bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, har yili yuzlab bemorlar davolanish uchun xorijga chiqishga majbur bo‘layotganini, biroq ularning yarmi moliyaviy imkoniyatsizlik sabab O‘zbekistonda qolib ketayotganini ta’kidladi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jaloliddin Asamutdinov transplantologiyani xususiy sektorga bosqichma-bosqich ochish muhimligini aytib o‘tdi. Dastlab, kam xavfli va murakkab bo‘lmagan operatsiyalarga ruxsat berilishi, keyinchalik esa to‘liq huquqli transplantatsiya xizmatlari ko‘rsatishga o‘tilishi rejalashtirilgan.

 

Uning aytishicha, transplantologiya yuqori texnologik infratuzilma, genetik tadqiqotlar va laborator diagnostika talab etadigan murakkab yo‘nalish bo‘lib, bu borada qonunchilik bazasini ham bosqichma-bosqich yangilash zarur.

 

Hozirda O‘zbekistonda transplantatsiya faqat davlat tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, donorlik faqat tirik odam yoki murda shaxs asosida ruxsat etilgan bo‘lib, muassasalar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.