O'zbekiston

"Agar 1000 ta daraxt ekkan bo‘lsa, 50 ta daraxt kesishi mumkin” Kudbiyev daraxtlar kesilishiga yechim aytdi

Qurilish sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda tadbirkor Murod Nazarov ham daraxt kesishga moratoriyni bekor qilishni, quruvchilar daraxtlar o‘rniga yangilarini ekishi kerakligini bildirdi.

"Agar 1000 ta daraxt ekkan bo‘lsa, 50 ta daraxt kesishi mumkin” Kudbiyev daraxtlar kesilishiga yechim aytdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida navbatdagi uchrashuv Toshkent shahrida qurilish sohasi vakillari bilan o‘tkazildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi rasmiy kanali xabar berdi.

 

Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Biznes ombudsman rahbariyati hamda Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi aʼzolari va boshqa masʼullar ishtirok etdi.

 

Uchrashuvning asosiy maqsadi — qurilish sohasida mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, ularning amaliy yechimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va davlat hamda biznes o‘rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirish.

 

Tadbirda tadbirkor Murod Nazarov Toshkentda amaldagi daraxt kesish bo‘yicha moratoriyga e’tibor qaratib, uni bekor qilishni taklif qildi. Nazarovning fikricha, hozirgi cheklovlar ayrim hollarda qurilish ishlarini to‘xtatib qo‘yayotgani va hatto korrupsiyaviy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.

 

Muammoni hal qilish uchun Nazarov “daraxtlar banki” tizimini joriy etishni taklif qildi. Bu tizimga ko‘ra, quruvchi kompaniyalar qurilish ishlari boshlanishidan avval qancha daraxt kesilishi kerakligini hisoblab, oldindan ekish ishlarini amalga oshirishi lozim. Agar bu ishni o‘zlari bajarmasa, uchinchi shaxslar daraxt ekib, ularni quruvchilarga “sotishi” mumkin bo‘ladi.

 

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, shunday dedi:

 

“Agar quruvchi 1000 ta daraxt ekkan bo‘lsa, boshqa joyda 50 ta daraxt kesishi mumkin bo‘lishi kerak.”

 

Kudbiyev bu mexanizmni amaliyotga joriy etish orqali atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qurilish sohasini rivojlantirish mumkinligini ta’kidladi.

 

Yig‘ilishda soliq masalalari ham ko‘tarildi. Sherzod Kudbiyev quyidagilarni ta’kidladi:

 

“Soliq inspektori kirib, ‘50 gramm viski quyibsiz, markirovkasiz sotyapsiz’, deb tadbirkorni jazolamaydi. Muhimi — butilkada markirovka bo‘lishi kerak. Agar butilka o‘zi markirovkalangan bo‘lsa, ichidagi quyganning hisoboti talab etilmaydi. Ammo agar markirovkasiz butilka sotilsa — bu katta xato.”

 

Bu fikr tadbirkorlik faoliyatida yengilliklar yaratish va ortiqcha tekshiruvlarning oldini olishga qaratilganini ko‘rsatadi.

 

Yig‘ilishda Toshkent shahrining bosh rejasi qayta ko‘rib chiqilayotgani ham qayd etildi. Endilikda poytaxtdagi qurilishlar asosan rekonstruksiya va renevatsiya hududlarida olib borilishi belgilandi. Shu sababli, har bir binoning atrofida mavjud daraxtlar masalasi kelgusida ham dolzarb bo‘lib qolishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Agar 1000 ta daraxt ekkan bo‘lsa, 50 ta daraxt kesishi mumkin” Kudbiyev daraxtlar kesilishiga yechim aytdi | Zamon.uz