Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi
Shayxontohur tumanidagi yo‘l yopilishi tufayli avtobuslar muqobil ko‘chalarga yo‘naltiriladi.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Beruniy ko‘chasining Beshqayrog‘och chorrahasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar Transport bosh boshqarmasi xabar berdi. Qurilish-montaj ishlari sabab 18-iyul soat 12:00 dan 22-iyulgacha yo‘l harakati cheklanadi.
34-sonli avtobus yo‘nalishi
-
Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor metro bekati yo‘nalishida:
-
Beruniy ko‘chasi – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
-
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
64-sonli avtobus yo‘nalishi
-
Paxtakor metro bekati – Birlik mavzesi yo‘nalishida:
-
Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
-
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
87-sonli avtobus yo‘nalishi
-
Qora Qamish 2/4 mavzesi – Chilonzor 30-daha yo‘nalishida:
-
Beruniy – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
-
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
116-sonli avtobus yo‘nalishi
-
Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor buyum bozori yo‘nalishida:
-
Beruniy – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
-
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
131-sonli avtobus yo‘nalishi
-
Olimpiya mehmonxonasi – Do‘stlik-2 mavzesi yo‘nalishida:
-
Beruniy – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
-
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
147-sonli avtobus yo‘nalishi
-
Chorsu savdo markazi ASHB – Chinni bozori yo‘nalishida:
-
Beruniy – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
-
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
Shahar transport boshqarmasi haydovchilar va yo‘lovchilardan muqobil yo‘llardan foydalanishni so‘ragan. Ushbu o‘zgarishlar qurilish ishlari yakunlanguncha amalda bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli ayrim avtobus yo‘nalishlarida vaqtincha o‘zgarishlar joriy etilgandi.







