O'zbekiston

“Dinini unutib, daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasaydi…” Alisher Qodirov daraxt kesilishiga qarshi chiqayotganlarga munosabat bildirdi

Kuni kecha tadbirkor Murod Nazarovning daraxtlar kesilishiga qo’yilgan cheklovni olib tashlash teklifi ortidan keskin muhokamalar boshlanib ketdi. Deputat Javlon Abdullayev “agar cheklov bo’lmaganida allaqachon cho’lga aylangan bo’lardik” deya deputat taklifiga qarshi chiqqan.

“Dinini unutib, daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasaydi…” Alisher Qodirov daraxt kesilishiga qarshi chiqayotganlarga munosabat bildirdi

Toshkent shahrida qurilish jarayonlarida daraxt kesishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash bo‘yicha tadbirkor Murod Nazarov ilgari surgan taklif keng jamoatchilik va deputatlar orasida muhokamaga sabab bo‘ldi.

 

Murod Nazarov fikricha, baribir ayrim hollarda daraxtlar kesilmoqda, shu sababli, kesilishi mumkin bo‘lgan daraxtlar o‘rniga oldindan bir necha baravar ko‘proq daraxt ekish tizimini joriy etish kerak. Shu orqali qurilish ishlari davom etishi bilan birga, atrof-muhitga yetkaziladigan zarar ham kamayadi, deya ta’kidlaydi tadbirkor.

 

Ushbu taklifga O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Javlon Abdullaev o‘z munosabatini bildirib, bu borada ehtiyotkorlikka chaqirgan. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda suv tanqisligi va global isish kabi muammolar kundan-kunga kuchayib bormoqda va har bir daraxtni asrash kelajak avlod uchun zarur.

 

“Bitta daraxtni katta qilib, o'stirish uchun o‘n yillab vaqt va doimiy parvarish kerak. Yettimish yillik daraxtni bir kunda kesib tashlash mumkin, lekin uni qayta tiklash juda qiyin. Shu sababli, hozir amalda bo‘lgan moratoriy (daraxt kesishga vaqtincha taqiq) juda muhim”, – degan Abdullaev.

 

Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi yetakchisi, deputat Alisher Qodirov ham bu borada o'z fikrini bildirdi. Qodirov daraxt kesishga mutlaqo qarshi bo‘lish ham to‘g‘ri emasligini ta’kidladi.

 

“Ba’zan zarurat bo‘lsa, zararli yoki qurt yeb bitirgan daraxtni olib tashlashga bir yil vaqt ketadi. Hammamiz bir-birimizga solamiz. Daraxt kesish uchun kelganlarni ko‘rib, yig‘laysanmi yoki kulasanmi, bilmaysan – go‘yoki odamni dorga osishga kelishgandek”, – dedi Qodirov.

 

Uning fikricha, daraxtlar kerak, lekin ularni inson manfaatini e’tiborga olib asrash lozim.

 

“Daraxtni himoya qilganimizdek, suv, yer, energiya, oziq-ovqat va vaqtni ham isrof qilmaslik uchun birlashsak edi. Kelajak avlod daraxtga sig‘inib yuborishidan ham ehtiyot bo‘lish kerak”, – deya qo‘shimcha qildi Qodirov.

 

Bu masala jamiyatda keng muhokamaga sabab bo‘layotganining asosiy sababi – qurilish rivojlanishi va ekologik muhofaza o‘rtasidagi nozik muvozanat. Bunda hokimiyat, tadbirkorlar va atrof-muhit himoyachilari o‘zaro kelishuvga kelishi muhim bo‘lib qolmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Dinini unutib, daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasaydi…” Alisher Qodirov daraxt kesilishiga qarshi chiqayotganlarga munosabat bildirdi | Zamon.uz