O'zbekiston

Namanganda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlaridan iborat yashirin guruh fosh etildi

Telegram orqali ekstremistik targ‘ibot olib borgan, yoshlarni radikal g‘oyalarga undagan 16 kishilik guruh qo‘lga olindi.

Namanganda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlaridan iborat yashirin guruh fosh etildi

Namangan shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xalqaro terroristik tashkilot – “Islom Davlati Xuroson Viloyati” tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruhning faoliyati fosh etildi. Bu yashirin “jamoat”ni tashkil qilgan shaxs va uning a’zolari terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilib kelgani aniqlangan. Bu haqda DXXning matbuot xizmati xabar bergan.

 

Guruhning 16 nafar a’zosi yashagan manzillarga tintuv o‘tkazilib, 37 ta mobil telefon, 51 dona noshirligi ko‘rsatilmagan diniy adabiyot, 40 ta DVD disk, 4 ta flesh-karta hamda bir nechta noutbuk va planshetlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ushbu guruh a’zolari xalqaro terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolaridan o‘rgangan holda “jihad” va “shahidlik”ni targ‘ib qilib kelgan.

 

Shuningdek, guruh yetakchisi Telegram messenjerida 120 nafardan ortiq a’zoga ega virtual kanallar ochib, u yerda ekstremistik materiallar, “Islom Davlati” atributlari va radikal ruhdagi audio-video fayllarni tarqatgan. Ular yoshlarni “shariat hukmi” asosida jihodga undash va mamlakatda olib borilayotgan siyosiy hamda diniy islohotlarga qarshi norozilik ruhida tarbiyalashni maqsad qilgan.

 

Aniqlanishicha, guruh rahbari 2022 yilda Turkiyaning Istanbul shahrida maxsus “hujra”da diniy saboq olgan. Bu jarayondan so‘ng uning qarashlari keskin o‘zgargan va hatto otasi uni to‘g‘ri yo‘lga chaqirmoqchi bo‘lganda, otasini ham “kofir” deb e’lon qilgan.

 

Hozirda guruh tashkilotchisi va 3 nafar faol a’zosi ustidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan va ular qamoqqa olingan. Qolgan a’zolar bo‘yicha ham surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlaridan iborat yashirin guruh fosh etildi | Zamon.uz