Jahon

Yaqin oylarda Ukraina Prezidenti almashishi mumkin

AQSH Zelenskiyning o‘rniga boshqa nomzod ko‘rmoqda.

Yaqin oylarda Ukraina Prezidenti almashishi mumkin

Jurnalist Seymur Xersh Vashingtondagi manbalarga tayanib, Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi va Ukraina armiyasining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Ukrainaning navbatdagi prezidenti bo‘lishi mumkinligini maʼlum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha oy ichida Vladimir Zelenskiyning o‘rnini egallashi mumkin.

 

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, agar AQSH prezidenti Donald Tramp shunday qaror qabul qilsa, Vladimir Zelenskiy o‘z lavozimini tark etadi. Jurnalistning suhbatdoshlaridan biri esa janob Zelenskiy “zo‘rlik bilan” lavozimidan chetlatilishi mumkinligini aytdi.

 

“Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning amaldagi rahbarini o‘z xohishi bilan ketishga majburlashi mumkin. Zalujniy hozir Zelenskiyning o‘rniga eng ishonchli voris sifatida ko‘rilmoqda”, deb yozadi jurnalist o‘z maqolasida. 

 

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiyning vakolat muddati o‘tgan yilning 20 mayida tugagandi. Ukrainada 2024 yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilingan.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.