O'zbekiston

Navoiy shahrini qoplagan oq tutun bo‘yicha rasmiy ma’lumot: havoda zararli gazlar aniqlandi

“Navoiyazot” atrofida zararli moddalar normadan oshdi — Ekologiya boshqarmasi rasmiy tahlil natijalarini e’lon qildi.

Navoiy shahrini qoplagan oq tutun bo‘yicha rasmiy ma’lumot: havoda zararli gazlar aniqlandi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda erta tongda Navoiy shahrini oq, changsimon tutun qoplagani haqida videolar va fotomateriallar tarqaldi. Holat bo‘yicha fuqarolar tomonidan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati bilan bog‘liq taxminlar ilgari surildi.

 

Mazkur vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan havo namunalari olingan va laboratoriya tahlillari o‘tkazilgan.

 

Soat 07:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan oraliqda “Navoiyazot” AJ atrofidan olingan namunalarda quyidagilar aniqlangan:

 

Ammiak — me’yordan 1,4 baravar yuqori;

 

Vodorod sulfidi — 16,8 baravar yuqori.

 

Shuningdek, Zulfiyaxonim ko‘chasidagi monitoring postida olingan natijalarda:

 

Uglerod ikki oksidi — 1,04 baravar;

 

Ammiak — 1,1 baravar me’yordan yuqori bo‘lgani qayd etilgan.

 

Rasmiy xabarga ko‘ra, hozirda “Navoiyazot” AJ faoliyatidagi texnik va ekologik kamchiliklar hamda ehtimoliy qonunbuzarliklarni aniqlash maqsadida maxsus tekshiruv tayyorlanmoqda. Mazkur jarayonda nazorat organlari va tegishli mutaxassislar ishtirokida huquqiy chora-tadbirlar belgilanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.