O'zbekiston

7 yillik tanaffusdan keyin Samarqand va Dushanbe o'rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu yo‘nalishdagi so‘nggi parvozlar 2018-yilda amalga oshirilgan.

7 yillik tanaffusdan keyin Samarqand va Dushanbe o'rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent—Dushanbe—Toshkent hamda Samarqand—Dushanbe—Samarqand yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

 

Toshkent—Dushanbe—Toshkent parvozi 19-iyuldan boshlab haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi 653 ming so‘mdan boshlanadi.

 

Samarqand—Dushanbe—Samarqand yo‘nalishida esa 20-iyuldan boshlab muntazam reyslar qayta tiklandi. Parvozlar payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishdagi chipta narxi 608 ming so‘mdan boshlanadi.

 

Parvozlar O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida 2018-yil 9-mart kuni imzolangan havo qatnovi bo‘yicha bitim asosida tashkil etilgan.

 

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda Somon Air va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari ham parvozlarni amalga oshiradi.

 

Tojikiston hukumati 2025-yil 12-iyun kuni “Ochiq osmon” siyosatini e’lon qilgan. Bu qaror xorijiy va mahalliy aviakompaniyalar o‘rtasidagi parvozlar sonini tenglashtirish bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qiladi va raqobatni erkinlashtiradi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar 1992-yilda to‘xtatilgan va 2017-yilda qayta tiklangan edi. Samarqand—Dushanbe yo‘nalishida so‘nggi parvozlar 2018-yilda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, keyinchalik to‘xtatilgan edi. Endilikda ushbu reyslar ham qayta tiklandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

7 yillik tanaffusdan keyin Samarqand va Dushanbe o'rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz