O'zbekiston

“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat!” Deputat pivo festivali o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirdi

“Yoshlarimizga atigi 5 ming so‘m evaziga spirtli ichimlikni taklif etishni oqlab bo‘lmaydi! Pivo festivalini aynan Toshkentda o‘tkazish — bu shunchaki faollar yoki biznes tashabbusi emas, balki xalqni milliy anʼanalari va o‘zligiga tupurishdir!!! Bugun pivo, ertaga vino, keyin spirtli barlar hech qanday madaniy cheklovsiz tadbirlar – shunday ketma-ketlikda jamiyatni sezdirmasdan o‘zgartirish mumkin”, - deydi Feruza Muhkammadjonova.

“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat!” Deputat pivo festivali o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirdi

Joriy yilning 27-29 iyun kunlari Toshkent shahrida “Pivo festivali” bo‘lib o‘tdi. Milliy Tiklanish partiyasi raisi o‘rinbosari Feruza Muhkammadjonova kuni kecha ko‘tarilgan daraxt kesilisha taklifning jamoatchilik o‘rtasidagi keskin muhokama bo‘lgani ortidan pivo festivalga munosabat bildirdi.

 

“Maydon odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Ishtirokchilarning aksariyati yoshlar. Rusiyzabon OAVda bu mavzu zo‘r yoritildi. O‘zbekzabon OAVi, ziyolilar bilan birga jim. Toshkenting narigi tomonida esa Islom sivilizatsiya markazi qadr rostlayaati... Pivo festivali birinchi marta o‘tayotgani yo‘q. Bu tadbirni o‘tkazish anʼanaga aylanib bormoqda.

 

O‘zbek jamiyatida ham spirtli ichimliklar festivallari ochiqchasiga, ommaviy shovqin va reklama bilan o‘tkazilyapti.

 

Baʼzi doiralar bu kabi festivallarni "turistlar uchun", "shaharni ochiq va zamonaviy ko‘rsatish uchun" deb asoslashadi.

 

Lekin savol tug‘iladi: oqibatini hisob-kitob qilmagan “ochiqlik” rivojlanishmi yoki o‘zlikdan voz kechishmi?!

 

Hech bir zamonaviy shahar o‘z o‘zligini toptab rivojlanmaydi. 1886 yilda Toshkentning yangi shahar tomonida xalqni tub aholisini izdan chiqarish uchun ataylab “Piyon bozori” mayxonalar ochilganidan xabarimiz bor. Chorizmni tushunsa bo‘ladi. Bugunchi bugun bu tadbirni kim va nimaga qo‘llab-quvvatlamoqda?!

 

O‘zbekiston Germaniya emaski, har yili shugina tadbirdan 1 milliard yevrodan ortiq daromad olib kelsa...Yoshlarimizga atigi 5 ming so‘m evaziga spirtli ichimlikni taklif etishni esa oqlab bo‘lmaydi!

 

Toshkent — mamlakatning yuragi. Madaniyat, siyosat, turizm, media — hammasi mana shu yerda boshlanadi. Demak, bu yerda o‘tkazilgan har qanday tadbir butun mamlakat uchun namuna bo‘lmog‘i darkor. Biroq bu ketishda bu kabi tadbirlar Buxoro, Samarqand va hatto Qo‘qongacha yetib borishi hech gapmas. Balki yetib borgandir ham... Pivo festivalini aynan Toshkentda o‘tkazish — bu shunchaki faollar yoki biznes tashabbusi emas, balki xalqni milliy anʼanalari va o‘zligiga tupurishdir!!!

 

Bugun pivo, ertaga vino, keyin spirtli barlar hech qanday madaniy cheklovsiz tadbirlar – shunday ketma-ketlikda jamiyatni sezdirmasdan o‘zgartirish mumkin.

 

Albatta, kimning nima ichishi uning shaxsiy tanlovi. Lekin bu tanlov jamoat joyida, butun jamiyat ko‘z o‘ngida targ‘ib etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

 

Erkinlik tushunchasi madaniyatsizlik va hadsizlikka aralashib ketsa, bu jamiyatning o‘zligini yo‘qotishidan darak.

 

Jamoatchilik bu kabi ommaviy targ‘ibotlarga qarshi fikr bildirishi kerak emasmidi?!

 

Axir bugun maʼnaviyat va yoshlar masalasida yetarli ishonish qiyin bo‘lgan muammolar bor. Mutaxassislarning fikricha O‘zbekistonda ayni kunda eng yosh giyohvandning yoshi 12da...

 

Demak bugun bahs ochilgan masala bu faqat daraxt masalasi emas.. Bu — insonning o‘z hayoti, kelajagiga bog‘liq masala. Agar bir yog‘och uchun jamiyat shunday faol qo‘zg‘olsa – demak, bu jamiyatdan katta umid kutish mumkin. Negaki musulmon odamning qalbiga "Qiyomat qoim bo‘layotganini ko‘rsang ham, qo‘lingda bir daraxt niholi bo‘lsa, uni ekib ulgur”degan o‘git muxrlangan.

 

Biroq bu borada ham ikki xil standart borga o‘xshaydi: daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat!!!

 

Xulosam: Daraxtni qanday himoya qilsak, o‘zligimizga daxldor masalada ham shunday sobit bo‘laylik. Zero daraxtni bo‘shini baribir qurt yeydi....”- deya fiklariga yakun yasagan deputat.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat!” Deputat pivo festivali o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirdi | Zamon.uz